So'rov bilan cheklangan operator
Bank operatorlari ko‘pincha mijoz kelgan xizmatni bajarish bilan cheklanishadi: kartani chiqarish, depozit qo‘yish yoki pul yechish kabi. Shu bilan birga, mijoz uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa xizmatlar — masalan,kartalar ochish yuqori foizli depozitlar yoki maxsus kreditlar — taklif qilinmaydi.
Eng muhimi, ularda kontekst yo‘q. Ular bu mijoz VIP ekanligini, kredit olmoqchiligini yoki yaqinda uy sotib olganini bilishmaydi. Shaxsiy xizmat ko‘rsatish va qo‘shimcha sotuv imkoniyatlari yo‘qoladi.
Natijada:
• Bank mahsulotlarini sotish imkoniyati ishlatilmay qoladi;
• Mijozga shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish cheklangan bo‘ladi;
• Bank va mijoz o‘rtasidagi ishonch va qoniqish darajasi pasayadi.